23 dek 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Kutilmagan xabar! Entoni Pettis UFC`dan ketdi
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Entoni Pettis kutilmagan qaror qabul qildi.
Amerikalik 33 yoshli aralash yakkakurash ustasi o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida promoushendan ketishini elon qildi.
"O'n ikki yillik faoliyatimdan so'ng UFC bilan xayrlashish haqida qaror qabul qildim. Bundan buyon erkin suzuvchiman", — dedi Pettis.
Eslatib o'tamiz, Entoni to'rt kun avval UFC Vegas 17 turniri doirasida Aleks Morononi mag'lubiyatga uchratgan edi. Bu uning UFC promoushenidagi shartnoma bo'yicha so'nggi jangi edi. Entoni Pettis MMAdagi faoliyati davomida 34 ta jang o'tkazib, 24 g'alabaga erishgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar