08 jan 08:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Kutilmagan xabar. Maks Xollouey - Aleks Volkanovski trilogiyasi bo'lmaydi
Aleksandr Volkanovski hamda Maks Xollouey o'rtasidagi trilogiya jangi rasman elon qilinganidan bir sutka o'tib bekor qilindi.
Boisi, yarim engil vaznda sobiq UFC chempioni Xollouey mashg'ulot paytida jarohat orttirib olgan. Ushbu chempionlik jangi 5 mart kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC 272 turnirining markaziy to'qnashuvi bo'lishi kerak edi.
Hozircha UFC rahbarlari Volkanovskining asosiy kardda qolish yoki qolmasligi bo'yicha rasmiy bayonot berishmadi. Katta ehtimol bilan Aleksga boshqa raqib topib berilsa kerak.
Eslatib o'tamiz, UFC 272 turnirining ahamiyati jihatidan ikkinchi jangi engil vaznda amaldagi chempion Aljameyn Sterling hamda vaqtinchalik chempion Petr Yan o'rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu birlashtiruvchi chempionlik jangi oqshomning markaziy bahsiga aylanishi ham mumkin.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar