11 avg 11:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Kutilmagan xabar: Pakyao - Spens jangi bekor qilindi. Mennida yangi raqib!
WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Errol Spens hamda sakkiz vaznda sobiq jahon chempioni Menni Pakyao o'rtasidagi jang bekor qilindi.
Jangning bekor qilinishiga Spensning ko'zidan olgan jarohati sabab bo'lgan. Pakyaoning keyingi raqibi WBC chempionlik kamariga sobiq davogar Yordenis Ugas bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, uzoq kutilgan Spens - Pakyao chempionlik jangi 21 avgust kuni Las-Vegas shahridagi "Ti-Mobayl Arena"da o'tkazilishi kerak edi. 42 yoshli Pakyao so'nggi bor 2019 yilning iyul oyida ringga chiqqan va o'shanda ochkolar hisobiga ko'ra Kit Turmanni mag'lub etib, uning yarimo'rta vazndagi WBA Super kamarini tortib olgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar