12 avg 11:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Kutilmagan xabar: SHahram G'iyosovning raqibi o'zgardi
Xabaringiz bor, 16 avgust tongida SHahram G'isyoov prof boksdagi navbatdagi jangini o'tkazishi lozim.
O'sha kungi jangda bokschimiz meksikalik Fransisko Roxoga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo kutilmaganda bokschimizning raqibi o'zgardi.
Boxrec malumotiga ko'ra endi SHahram o'sha kuni nikaragualik Uiston Kamposga qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, Kampos shu kungacha prof boksda 44 ta jang o'tkazgan va ularning 31 tasida g'alaba qozongan (19 nokaut). 7 ta jangda mag'lub bo'lgan (3 ta nokaut) va 6 ta jangda durangga erishgan. SHahram esa 9 ta jangning barchasida g'alaba qozongan (7 ta nokaut).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar