So’nggi yangiliklar

18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0

31 mar 09:02
Yangiliklar

Boks/MMA

Las-Vegasda kutilmagan natija! Tim Czyu bo'ydor Fundoraga yutqazdi

Hozirgina AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi muhtasham "T-Mobile Arena"da navbatdagi professional boks turniri yakuniga etdi.

Oqshomning markaziy jangi birinchi o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda WBO yo'nalishi chempioni, avstraliyalik Tim Czyu (24-1, 17 KO) amerikalik davogar Sebastyan Fundora (21-1-1, 13 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. 

Czyudan bo'yi deyarli ikki qarich baland bo'lgan Fundora qonli kechgan jang yakunida hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozonib, kunning kutilmagan natijasi muallifiga aylandi. Hakamlardan biri 116-112 hisobidagi g'alabani Czyuga taqdim etdi. Qolgan ikki hakam esa 116-112 va 115-113 hisoblarida Fundora g'alaba qozondi deb hisoblanadi.

Fundora faoliyatidagi 23-jangiga kelib, ilk bor chempionlik uchun ringga chiqdi va biryo'la ikkita kamarni qo'lga kiritdi. Sebastyan Czyuning WBO kamaridan tashqari ushbu vaznda vakant bo'lib turgan WBC chempionlik kamariga ham ega chiqdi.    

Eslatib o'tamiz, 26 yoshli Sebastyan Fundora jarohat sabab safdan chiqqan amerikalik Kit Turmanning o'rnini egallagandi. Birinchi o'rta vazn toifasida WBA chempionlik kamari Isroil Madrimovga tegishli bo'lib turibdi. Balki, hamyurtimiz keyingi jangini Fundoraga qarshi o'tkazar? Bu holatga jarohatidan forig' bo'lib qaytadigan Kit Turman halal berishi mumkin. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing