So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

23 okt 11:28
Yangiliklar

Tadbirlar, Basketbol

Latviyaning sobiq Prezidenti O'zbekiston MOQda mehmon bo'ldi

Teglar :  LatviyaMOQ
Ayni paytda Latviya basketbol associaciyasi rahbari, mamlakatning 9-Prezidenti Raymonds Veyonis boshchiligidagi delegaciya poytaxtimizda mehmon bo'lib turibdi.

Evropalik mutaxassislar O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi oldi. 

SHundan so'ng tomonlar o'rtasida o'zaro hamkorlik, mamlakatimizda basketbol sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqish mavzusiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Unda Latviyaning yurtimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Reynis Troksha, Sport o'yinlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Jasur Akramov, Botir Mirodilov boshchiligidagi O'zbekiston basketbol federaciyasi masullari va O'zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi vakili Eldor Rasulov ham ishtirok etishdi. 

Uchrashuv avvalida Oybek Omilovich faxriy mehmonlarni qutlashdan mamnun ekanini takidlab, ularga yurtimizdagi sport rivojida MOQ va Sport vazirligining federaciya hamda associaciyalar bilan olib borayotgan tizimli hamkorligi, terma jamoalarimiz zaxirasini iqtidorli yoshlar bilan boyitish borasida yo'lga qo'yilgan selekciya ishlari, delegaciyamizning Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida qo'lga kiritgan tarixiy natijasi haqida to'xtaldi. 

SHuningdek, u davlatimiz rahbari topshirig'i bilan jamoaviy sport turlarini rivojlantirishga alohida etibor qaratilishi, Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga hozirdanoq tayyorgarlik boshlangani xususida malumot berib o'tdi.

O'z navbatida, janob Veyonis O'zbekiston delegaciyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlaridagi muvaffaqiyati ko'pchilikni hayratga solganini alohida tilga oldi. SHundan so'ng martabali mehmon Latviyaning to'rt yillikning eng muxim startidagi ishtiroki, o'z yurtidagi sport rivoji, ushbu sohani moliyalashtirish tizimi haqida gapirib o'tdi. 

Qolaversa, u jamoaviy sport turlarida Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritish ancha murakkab vazifaligi, biroq O'zbekiston keng imkoniyatlar mamlakati ekani va ushbu yo'nalishda ishlarni tizimli tashkil etish orqali bunday yutuqlarga erishish mumkinligini qo'shimcha qildi. 

Uchrashuv so'ngida tomonlar hamkorlikning yangi bosqichlari haqida fikr almashishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing