12 apr 17:38
Yangiliklar
Laylo Sobirova Osiyo chempionati finaliga chiqdi, yana uch nafar hamyurtimiz bronza uchun kurashadi
Quvonarlisi, bugun ham O'zbekiston terma jamoasi azosi kechki dasturda chempionlik uchun bellashadi.
-57 kg vazn toifasida kurashayotgan Laylo Sobirova chorak finalda qozog'istonlik Nilufar Raimovani, yarim finalda qirg'izistonlik Bermet Nuridin kizini katta qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratishga erishdi. Endi u oltin medal uchun 2021 yilgi jahon chempionati sovrindori yaponiyalik Nanjo Saega qarshi bahs olib boradi. SHuningdek, Aktenge Keunimjaeva (-53 kg), Dilfuza Aimbetova (-62 kg) hamda Svetlana Oqnazarova (-72 kg) bronza medali uchun kurashishadi.
Final:
-57 kg: Laylo Sobirova – Nanjo Sae (Yaponiya)
Bronza medali uchun:
-53 kg: Aktenge Keunimjaeva – Li Den (Xitoy)
-62 kg: Dilfuza Aimbetova – Nonoka Ozaki (Yaponiya)
-72 kg: Svetlana Oqnazarova – Ritika Ritika (Hindiston)
Fikrlar