06 fev 10:40
Yangiliklar
Tennis
Layma Vladson Antaliyadagi ITF W15 turnirining chorak finaliga yo'l oldi
O'zbekiston vakilasi Layma Vladson Turkiyada o'tayotgan ITF W15 Antaliya 3 Women xalqaro turnirining ikkinchi bosqichida ishonchli g'alabaga erishdi.
1/8 final uchrashuvida Layma Vladson germaniyalik tennischi Leone SHuknechtni 6-2, 6-0 hisobida mag'lub etib, raqibasiga kambek uchun imkon qoldirmadi.
Keyingi bosqichda o'zbekistonlik tennischi musobaqaning yarim finaliga chiqish uchun italiyalik Anastasia Bertacchiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : t.me/utfuz
Fikrlar