05 mar 09:25
Yangiliklar
Tennis
Layma Vladson Antaliyadagi turnirni g'alaba bilan boshladi
Tennis bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi vakilasi Layma Vladson Turkiyaning Antaliya shahrida o'tayotgan ITF W15 turnirida muvaffaqiyatli start oldi.
Birinchi davra uchrashuvida hamyurtimiz reytingning 871-pog'onasida borayotgan bolgariyalik Juliya Stamatovani 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etib, keyingi bosqichiga yo'l oldi. Endi Layma 1/8 final davrada Ispaniya vakilasi Sara Dolsga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, 18 yashar Layma Vladson hozirda WTA reytingida 785, 20 yoshli Sara Dols esa 494-o'rindan joy olgan.
Havola :
Manba : utf.uz
Fikrlar