13 fev 13:20
Yangiliklar
Layma Vladson ishtirokidagi uchrashuv yakuniga etmay qoldi
Musobaqaning ilk davrasida O'zbekiston terma jamoasi azosi Layma Vladson reytingda o'zidan deyarli 500 pog'ona yuqorida turgan Gruziya vakilasi Sofiya SHapatovani 6/4, 6/0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Afsuski, yomg'ir sabab bir necha bor vaqti o'zgargan ikkinchi bosqich bahsida 18 yoshli Vladson mag'lubiyatga uchradi. Aniqrog'i, u italiyalik Jennifer Ruggeriga qarshi kechgan uchrashuvni jarohat sabab yakuniga etkaza olmadi. Birinchi setning cakkizinchi geymidan keyin uchrashuv to'xtatildi va italiyalik tennischi 1/4 finalga yo'l oldi. Bu vaqtga kelib u 5/3 hisobida g'alaba qozonayotgan edi.
Taqqoslash uchun, Layma Vladson hozirda WTA reytingida 873, Sofiya SHapatova 409, Jennifer Ruggeri esa 317-o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar