03 apr 09:33
Yangiliklar
Tennis
Layma Vladson o'zidan 132 pog'ona quyidagi raqibasi oldida ojiz qoldi
Mamlakatimizning to'rtinchi raketkasi Layma Vladson Misrning SHarm Al-SHeyx shahrida o'kazilayotgan W15 toifasiga kiruvchi turnirda ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Turnirda sakkizinchi raqam ostida tasniflangan vakilamiz ilk davrada shveycariyalik reytingi yo'q tennischi Jozefin Kuncni 6/0, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. Afsuski, litvadan mahalliylashtirilgan Layma 1/8 finalda xorvatiyalik Karla Popovichga deyarli qarshilik ko'rsatmadi - 1/6, 2/6.
Taqqoslash uchun, Vladson ayni paytda WTA reytingida 797, Popovich esa 929-pog'onada bormoqda. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar