02 apr 10:52
Yangiliklar
Tennis
Layma Vladson SHarm Al-SHeyxda muvaffaqiyatli start oldi
Mamlakatimizning to'rtinchi raketkasi Layma Vladson Misrning SHarm Al-SHeyx shahrida o'kazilayotgan W15 toifasiga kiruvchi turnirda ishtirok etyapti.
Turnirda sakkizinchi raqam ostida tasniflangan vakilamiz ilk davrada shveycariyalik reytingi yo'q tennischi Jozefin Kuncni 6/0, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Hozirda WTA reytingida 797-pog'onadan joy olib turgan Layma bugun 1/8 finalda xorvatiyalik Karla Popovichga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 13:00da boshlanadi. Dunyoning 929-raketkasi bo'lib turgan Popovich ilk bosqichda reytingi yo'q niderlandiyalik Pippa Bosmandan ustun kelgan - 7/5, 6/3.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar