11 fev 18:57
Yangiliklar
Tennis
Layma Vladson W35 Antaliya turnirining ilk bosqichida reytingda o'zidan qariyb 500 pog'ona yuqoridagi tennischini mag'lub etdi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida W35 turkumidagi ITF turniri start oldi.
Bugun musobaqaning ilk davrasida doirasida O'zbekiston terma jamoasi azosi Layma Vladson Gruziya vakilasi Sofiya SHapatovaga qarshi kortga chiqdi.
Ahamiyatlisi, bellashuvda 18 yashar Laymaning qo'li baland keldi — 6/4, 6/0. Endi Vladson ertaga musobaqa nimchorak final bosqichida italiyalik Jennifer Ruggeri bilan bahs olib boradi.
Malumot uchun, Layma Vladson hozirda WTA reytingida 873-o'rinni egallab turibdi. U mag'lubiyatga uchratgan 37 yoshli Sofiya SHapatova esa bu reytingda 409-o'rinda edi. 22 yashar Jennifer Ruggeri esa dunyo reytingida 317-pog'onada qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar