25 avg 19:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Lazizbek Mullojonov ertangi jangi oldidan taroziga chiqdi
Ertaga jahon chempionati sovrindori Lazizbek Mullojonov Polshada professional ringdagi navbatdagi jangini o'tkazadi.
Ushbu jangda bokschimizga qozog'istonlik Nursulton Amanjolov raqiblik qiladi.
Bokschilar ushbu jang oldidan vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi. Unga ko'ra, Lazizbek jang oldidan 103,4 kg tosh bosdi. Uning raqibi Amanjolov esa 118,8 kg vazn ko'rsatdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jang ertaga kechqurun Polshada o'tkaziladi. Kechaning markaziy jangida ukrainalik jahon chempioni Aleksandr Usik o'z kamarlarini britaniyalik Daniel Dyubuadan himoya qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar