22 iyu 00:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Lazizbek Mullojonov ham WBC Gran-Prisi chorak finaliga yo'l oldi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida WBC Gran-prisi doirasidagi nimchorak final janglari davom etmoqda.
Bugun turnir doirasida eng og'ir vazn toifasida janglarda ishtirok etadigan hamyurtimiz Lazizbek Mullojonov ikkinchi bosqich doirasida marokashlik Yuness Baalaga qarshi jang o'tkazdi.
6 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Lazizbek Mullojonov hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi. Har uchala hakam Lazizbekning 60-54 hisoblarida g'alaba qozonganini qayd etdi.
Endi bokschimiz avgust oyida o'tkaziladigan chorak final bahslarida ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, bungacha Mujibillo Tursunov va Ayubxon Baxtiyorov kabi bokschilarimiz ikkinchi bosqichda g'alaba qozonib, chorak final yo'llanmasini naqd qilgan edilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar