16 dek 19:37
Yangiliklar
Lazizbek Mullojonov raqib topilmagani, ko'pchilik tomonidan kutilgan Bahodir Jalolov bilan to'qnashuv haqida gapirdi
«O'zbekiston chempionatida 5 marta ishtirok etdim, 3-bor chempion bo'ldim. Bu musobaqa Toshkentda bo'lib o'tadigan jahon chempionati oldidan o'zimizni yana bir bor sinovdan o'tazib olish imkoniyatini berdi. Barchamizni niyatimiz - jahon chempioni bo'lish. Hali hech narsa aniq emas. Kimni risqi qo'shilgan bo'lsa jahon birinchiligida o'sha ishtirok etadi.
CHempionatda Bahodir Jalolov bilan to'qnash kelishimizni ko'pchilik kutgan edi? Bahodir Jalolov Olimpiada chempioni. Olimpiada boshqa daraja. Bahodir akamizga havas qilgan holda, ular natijalarga etishishga harakat qilamiz.
Respublika birinchiligida 2 ta jang o'tkazdim. SHukurki, har ikki jang ham yaxshi bo'ldi.
Prof boksdagi faoliyatim ham davom etadi. 2 dekabr kuni Lift promotions tomonidan tashkil etilgan boks oqshomida jang qilishim kerak edi. Afsuski, qisqa muddat bo'lganligi uchun raqib topilmadi. Nasib qilsa, keyingi turnirlarda ishtirok etamiz», - dedi, Lazizbek final bahsidan so'ng saytimizga bergan intervyusida.
Fikrlar