26 may 10:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Lazizbek Mullojonovning WBC Gran-prisidagi raqibi va jang sanasi elon qilindi + POSTER
Og'ir vaznli bokschimiz Lazizbek Mullojonovning WBC Gran-prisi doirasida 1/8 final bosqichidagi raqibi malum bo'ldi.
Hamyurtimiz 21 iyun kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida chorak final yo'lida marokashlik Yuness Baalaga qarshi jang qiladi.
Aprel oyida o'tkazilgan dastlabki bosqich doirasida Mullojonov panamalik Marvin Mendosani, Baala esa Daniya vakili Morten Givskovni mag'lub etgandi.
Malumot uchun, Lazizbek Mullojonov prof boksda hozirga qadar 6 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Yuness Baala hisobida esa 3 ta g'alaba bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar