04 fev 15:53
Yangiliklar
Basketbol
LeBron Jeyms bitta o'yinda 63 ochko jamg'arib, Karim Abdul-Jabbarning rekordini yangilashga ishonmoqda
Los-Anjeles Leykers forvardi LeBron Jeyms NBA'ning navbatdagi o'yinida 63 ochko jamg'arib, Karim Abdul-Jabbarning afsonaviy rekordini yangilay oladimi, degan savolga javob berdi.
“Ha, men buni qila olaman. Bu shanba kuni sodir bo'ladimi yoki yo'qmi bilmayman, lekin ha, men bitta o'yinda 63 ochko to'plashim mumkin», - deya LeBronning so'zlarini keltiradi ABC7.
Eslatib o'tamiz, Karim Abdul-Jabbarda 38 387 ochko, Lebronda esa 38 325 ochko bor. LeBron atigi 62 ochko ortda qolmoqda.
Keyingi o'yinda «Leykers» o'z maydonida «Nyu-Orlean Pelikans» bilan o'ynaydi. O'yin 5 fevralga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, «Los-Anjeles Leykers» muntazam chempionatda 25 ta g'alaba bilan G'arbiy konferenciya turnir jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar