13 avg 16:45
Yangiliklar
Basketbol
LeBron Jeyms ijtimoiy tarmoqdagi postlari orqali qancha pul topadi? Ronalduchi?
“Los-Anjeles Leykers” yulduzi LeBron Jeyms ijtimoiy tarmoqdagi reklama postlaridan olgan daromadini sezilarli darajada oshirdi, deya xabar beradi hopperhq.
Manbaga ko'ra, ijtimoiy tarmoqda 157 million obunachiga ega bo'lgan 38 yoshli basketbolchi o'z sahifasidagi bitta reklama postidan 851 ming dollar ishlab topadi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida 24-o'rinni egalladi. Saudiyaning “Al Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 596 million obunachi bilan birinchi o'rinni egallab turibdi va har bir post uchun 3,234 million dollar ishlab topadi.
Eslatib o'tamiz, ikki yil avval LeBron Jeyms har bir post uchun 300 000 dollardan sal ko'proq daromad qilar edi, o'sha paytda uning obunachilari soni 120 milliondan kam edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar