21 mar 08:51
Yangiliklar
Basketbol
LeBron Jeyms NBA'da ochko jamg'arish bo'yicha 2-o'ringa ko'tarilib oldi
Los-Anjeles Leykers forvardi Lebron Jeyms NBA tarixida ochko to'plash bo'yicha ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Afsonaviy Abdul-Jabbarning natijasiga etishga oz qoldi.
«Vashington»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda (119:127) LeBron 38 ochko jamg'arib, Karl Melonni (36 928 ochko) ortda qoldirdi. Garchi bugun uning jamoasi g'alaba qozonmagan bo'lsada, u tarixiy natija qayd etdi. LeBron Jeyms endi faqatgina afsonaviy Karim Abdul-Jabbardan ortda qolmlqda. Abdul-Jabbar faoliyati davomida 38 387 ochko to'plagan. Malumot uchun, Karim Abdul-Jabbar 1989 yil basketbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Eslatib o'tamiz, Jeyms yaqindagina NBA tarixida 10 000 ochko, 10 000 riband va 10 000 assistentlikni amalga oshirgan birinchi basketbolchiga aylangandi.
Havola :
Fikrlar