24 may 15:53
Yangiliklar
LeBron Jeyms Nike bilan hamkorligi aks etgan yangi hujjatli film ishlanganini elon qildi
«Bu ajoyib hujjatli film bo'ladi», - deb yozgan LeBron.
Malum bo'lishicha, LeBron Nike bilan shartnoma imzolashdan oldin unga Reebok'dan ancha yaxshi taklif tushgan. Reebok'ning taklifi 10 yil davomida taxminan 115 million dollarni tashkil etuvchi va 10 million dollarlik imzo bonusi bilan baholangan.
Jeyms o'zini Nike kompaniyasining bir qismi sifatida ko'rishi tufayli garchi ularning taklifi 70 million dollarga yaqinroq bo'lsada Nike brendiga sodiq qolishini takidlagan. Jeymsning agenti Nike'ga qo'ng'iroq qilib, LeBron ularni afzal ko'rishini va agar taklif biroz yaxshilansa, kelishuvga rozi bo'lishlarini aytgan.
SHu tariqa, 77 million dollar va 10 million dollarlik imzo bonusi bilan kelishuvga erishilgan. SHundan so'ng, etti yillik umumiy qiymati 87 million dollarni tashkil etuvchi shartnoma tuzilgan.
Fikrlar