So’nggi yangiliklar

19:27Тошкентдаги лицензион турнирда Париж-2024 йўлланмалари эронлик спортчиларники бўлди 0 19:06«Гилберт Бёрнс билан ҳали «гаплашамиз» - Нурсултон Рўзибоев 0 18:45Гаттузо Саудия Арабистони жамоасини бошқариши мумкин 0 18:24Эронда спорт тадбирлари бекор қилинди 0 18:01Нурсултон Рўзибоев: «Битта ғалабадан кейин Баклига «вызов» ташлайман 0 17:38Александр Зверев Борис Беккердан ўтиб кетди 0 17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0

08 fev 21:06
Yangiliklar

Basketbol

LeBron - NBA tarixidagi eng yaxshi snayper! Hatto jarohat ham qirolni to'xtata olmadi

Teglar :  Lebron Jeyms
LeBron Jeyms Karim Abdul-Jabbarning abadiy rekordini yangiladi.

Ha, bu sodir bo'ldi! Buyuk Karim Abdul-Jabbarning faoliyatidagi ochkolar soni bo'yicha rekordi yangilandi. 2003 yilda ligaga kelgan LeBron Jeyms 38 yoshida unga etib oldi, nafaqat etib oldi balki o'tib ham ketdi. 

Rekord keyingi o'yinga qolishi ham mumkin edi. «Leykers» va «Tander» uchrashuvidan bir necha soat oldin, qirolning ishtiroki to'pig'i og'riyotgani tufayli shubha ostida ekanligi haqida xabar paydo bo'ldi. Los-Anjelesdagi o'yinga chipta sotib olgan muxlislar buni o'qigan paytdagi his-tuyg'ularini hatto tasavvur qilish qiyin. CHunki birinchi qatorlardagi joylarning narxi 100 ming dollarga sotilgandi.

Yangi rekord o'rnatish uchun LeBron 36 ochko to'plashi kerak edi. Vazifa oson emas edi va o'yinning dastlabki daqiqalarida Jeyms bugun uy maydonida tarixni qanday qayta yozish haqida umuman o'ylamagandek tuyuldi. Dastlabki hujumlar yulduz forvard ishtirokisiz sodir bo'ldi va u o'z tanasiga quloq solayotgandek edi go'yo, bu esa unga NBA'dagi asosiy cho'qqilardan biriga erishish imkonini berdi.

«Tander» NBA'dagi eng yosh jamoalardan biri hisoblanadi. Raqiblarning o'rtacha yoshi 23 yoshdan oshmaydi va asosiy o'yinchilarning bazilari tom manoda Jeyms ligaga kelgan va "Klivlend" uchun ochko to'playotgan paytda tug'ilgan.

Birinchi chorakning bir nuqtasida LeBron o'yinga kirishga harakat qilishga qaror qildi. Uchrashuvning tabiati unga osonlik bilan birinchi ochkolarni qo'lga kiritishga imkon berdi. Raqib himoyaga qattiq tayanmadi, chunki amalga oshirishning ajoyib foizi tufayli hujumda hamma narsa juda oson bo'lib chiqdi. Faqat Mayk Muskala birdaniga bir nechta uch ochkolik to'pni nishonga yo'lladi, u qarshiliksiz buni amalga oshirdi.

Jeyms ham ketma-ket bir necha bor qo'pollik bilan to'pni savatchaga joylashga muvaffaq bo'ldi, keyin esa masofadan turib yo'llagan to'plaridan hammasi bugun sodir bo'lishi oydinlashdi. LeBron 20 ochko bilan katta tanaffusga chiqdi va Jabbarning rekordigacha bor-yo'g'i 16 ochko qolgandi. Aytgancha, o'yinda afsonaning o'zi ham bor edi. Garchi bazi sobiq o'yinchilar unga buni qilishni maslahat bermagan bo'lsalar ham, (chunki undan o'zib ketganini tabriklash uchun borish ular uchun noto'g'ridek) ammo Karim har doim LeBronni ajoyib basketbolchi sifatida tan olgan va agar uni rekordini yangilasa xursand bo'lishini aytgan. Va u vadasini bajardi!

Hammasi uchinchi chorak oxirida sodir bo'ldi. LeBron to'pni egallab oldi, erkin to'p uzatish chizig'iga o'tdi, o'zining ortga qaytishini amalga oshirdi va o'rtadan to'pni savatga tushirdi. Butun arena o'z joyidan ko'tarilib, chempionni tik turgan holda olqishlashdi! Albatta, o'yin taxminan 10 daqiqaga to'xtatildi va voqea qahramoni tezda oilasi: onasi, bolalari va ayolidan tabrik qabul qilib oldi.

NBA komissari Adam Silver odatdagidek LeBron Jeymsga tabrik so'zlarini aytdi, ammo Karim Abdul-Jabbarga mikrofon berilmadi. U dastlab qo'lida to'p bilan chiqdi, keyin esa uni LeBron Jeymsga uzatdi. Eng yaxshi NBA snayperi unvonining ramziy transferi bo'lib o'tdi! Endi "Leykers" hujumchisi yosh avlodlar rekordini yangilashga harakat qiladigan basketbolchiga aylandi. Jabbarning yutug'i qariyb 40 yil davom etdi. LeBronning muvaffaqiyati qancha davom etarkin?

Marosim tugaganidan so'ng, «Leykers» basketbolchilari to'satdan o'yin bekor qilinmaganini va o'yindagi kurash hali ham davom etayotganini tushunishdi. Qaysidir payt ular oradagi farqni minimal darajaga tushirishdi, biroq Rassell Uestbrukning mutlaqo dahshatli va bazida ehtiyotsiz o'yini kaliforniyaliklarga g'alaba qozonish orzusiga yo'l qo'ymadi. O'yin «Leykers»ning 130:133 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi.

Aytgancha, LeBron o'yinni oxirigacha davom ettirolmadi. To'pig'idagi og'riq haliyam azob berayotganini aniq ko'rsatib, dam olishga ketdi. U o'yinni zaxira o'rindig'idan turib kuzatdi. «Leykers»ning navbatdagi mag'lubiyati qirolni qattiq xafa qilishi dargumon, u 38 yoshida ham jamoani "sudrab yurishga" harakat qilmoqda. Ha, uning yordamisiz jamoa hatto pley-offga chiqishni faqat orzu qilish mumkin.


Xurshida Abdikulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing