22 jan 16:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Lennoks Lyuis Entoni Joshuaga maslahat berdi
Boks bo'yicha sobiq mutlaq jahon chempioni Lennoks Lyuis (41-2, 32 KO) Entoni Joshua va Aleksandr Usik o'rtasidagi jang borasida gapirdi.
"Agar men Joshuaning o'rnida bo'lganimda, bu vazifani bajarilishi shart bo'lgan ishdek qabul qilardim. Usik bilan jangga qanday chiqardim? Men ringga haqiqiy urushga ketayotgandek ko'tarilardim. Hammasi Joshuaning murabbiyi tanlaydigan uslubda.
O'ylashimcha, bu safar aniq reja bidan ringga chiqish kerak. Tushunmayotganim, ular nega bizda reja yo'q edi deyishyapti? Qanday qilib sen jangga rejasiz chiqishing mumkin? Sen jahon chempionisan va boshqa bir jahon chempioni bilan jang qilyapsan. Jangga reja bilan chiqish shart. Bilmadim, Joshua birinchi jangda nima haqida o'ylagan, tunisi menga qorong'u", - deydi Lyuis.
Havola :
Manba : ESPN Ringside
Fikrlar