13 iyu 16:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Leon Edvards asosiy maqsadi nima ekanini aytdi
Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni, angliyalik aralash yakkakurash ustasi Leon Edvards kelgusi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Maqsadim - P4P reytingida birinchi o'ringa ko'tarilish. Avval chempionlik kamariga ega bo'lish edi, endi esa vazn toifasidan qati nazar eng yaxshi jangchi nomiga ega bo'lmoqchiman.
SHuning uchun, Islamga qarshi jangga tayyorman, lekin avvalo, divizionimni tartibga solishim kerak. Islam endigina haqiqiy engil vazn jangchisiga qarshi kamar himoyasini amalga oshirdi. Belalni mag'lub etganimdan so'ng, kamar himoyalarim soni uchtaga etadi, bu borada Islam bilan tenglashamiz. Kelajakda u bilan jang qilishni xohlayman", dedi Edvards.
Malumot uchun, Leon Edvards 28 iyul kuni UFC 304 turniri doirasida Belal Muhammaddan o'z kamarini himoya qilishga urinib ko'radi.
Havola :
Manba : mmaboxing24
Fikrlar