09 iyu 20:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Leon Edvards Kolbi Kovingtonga qarshi qachon jang qilishni istashini malum qildi
Yarimo'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Leon Edvards Kolbi Kovingtonga qarshi jang haqida gapirdi.
“O'zimni yaxshi his qilmoqdaman, allaqachon mashg'ulotlarga qaytganman. oktyabr yoki noyabr oyida Kolbiga qarshi jang qilishni reja qilmoqdaman. Men Abu-Dabida yoki Nyu-Yorkda jang qilishni istagan bo'lardim. Men Kovingtoni kamarga haqli deb o'ylamayman, biroq qandaydir sabablarga ko'ra u menga qarshi jang qilish imkoniga ega bo'lmoqda”,-dedi Leon.
Eslatib o'tamiz, Abu-Dabidagi UFC kechasi 21 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Nyu-York mezbonlik qiladigan UFC 295 kechasi esa 11 noyabrga belgilangan.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar