So’nggi yangiliklar

13:11Шаҳин кечаги қийин ғалабадан сўнг нималар деди? 0 12:40Волкановски Мовсар Евлоев устидан муддатидан олдин ғалаба қозонишни ваъда қилмоқда 0 12:09Ғиждувонда белбоғли кураш бўйича Ўзбекистон Кубоги ўтказилди 0 11:38Ислам Махачев жанг қилиши кутилаётган UFC 336 турнири расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:07Моуриньо кечаги ғалабадан сўнг нималар деди? 0 10:36Aktau Asian Open 2026 турнирини 13 та медаль билан якунладик 0 10:05"Овчи"нинг UFC`даги жанги яна бекор қилинди 0 09:34WTA Ningbo Open. Камилла Раҳимова ҳам асосий тўрга йўл олди 0 09:03Sofascore. Шомуродов кечаги учрашув учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 08:32Дана Уайт Хоакин Баклининг қўл беришдан бош тортгани ҳақида: "Уни ҳайдашни айтдим" 0 08:01Жаҳон чемпионатида илк йўқотиш. Ҳакамлар мексикаликнинг ғалабасини таъминлашди 0 19:56"Бировнинг нарсаси керак эмас, ўзимникини эса бермайман!" Пётр Ян Двалишвили билан трилогияга тайёргарликни якунлади 0 19:25Моуриньо: "Реал" таркиби мени тўлиқ қониқтиради" 0 18:54ММА ҳамжамиятининг Мэлотт - Бакли жангидаги нокаутга муносабати: "Капа олти метр нарига учиб кетди" 0 18:23Ўзбекистон 2027 йилги Жаҳон кубоклари учун иккита йўлланмага эга бўлди! 0

18 sen 09:07
Yangiliklar

Sport kurashlari

"Li 7 effekti?". O'zbekistonlik kurashchilar U-23 Jahon chempionatiga o'z hisobidan boryapti(mi)?

21-27 oktyabr kunlari Albaniya poytaxti Tirana shahrida sport kurashlari bo'yicha U-23 Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Dunyo birinchiligida O'zbekiston yoshlar terma jamoasining ham ishtirok etishi haqida hozircha hech qanday rasmiy malumotlar yo'q. Sababi, O'zbekiston sport kurashlari assosiaciyasi yaqindagina Iordaniyaning Amman shahrida bo'lib o'tgan U-20 Jahon chempionatiga ham biror bir kurashchini yubormagan edi.

UWW.UZB internet nashrining xabar berishicha, Alisher G'aniev, Abror Atabaev, Doniyorxon Nakibov kabi kurashchilarimiz Albaniyadagi jahon birinchiligiga o'z hisobidan boradigan bo'lishgan. Ammo xabar rasman tasdiqlanmagani aytiladi. So'nggi voqeliklardan kelib chiqilsa, bunga ishonsa bo'ladi.

Terma jamoaning yana bir azosi Abdullo Aliev ham jaxon chempionatiga boradigan ko'rinadi. U o'zining instagram sahifasiga ushbu rasmni joylab, Let’s go Albaniya deya izoh qoldirdi.

Afsuski, holatga tushuntirish berish uchun Sport kurashlari associaciyasining matbuot xizmati ham faoliyat yuritmaydi. Avvalroq, aynan O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi Parij Olimpiadasida delegaciyamiz hisobiga oltin medalni taqdim etgan Razambek Jamalovning ikki nafar murabbiyiga kafolatlangan mukofot pullaridan tashqari avtomobillar ham sovg'a qilgan edi.

Eslatib o'tamiz, shu qandaydir ikki oy ichida kurashchilarimiz U-20 jahon chempionatini, tarixda ilk bor JCHga yo'llanma olgan voleybolchilarimiz esa dunyo birinchiligini o'tkazib yuborgan edi.

Umid qilamizki, hali vaqt bor va O'zbekiston sport kurashlari terma jamoasi Albaniyadagi jahon chempionatiga (sportchilar hisobidan emas) yuboriladi. 


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing