14 apr 20:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Liana Jojua: Maqsadim UFC'ga qaytish
Gruziyalik aralash yakkakurash jangchisi Liana Jojua kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
«To'g'risini aytsam, bu tashkilotda (Ares FC) chempionlik uchun rejalarim yo'q. Men uchun g'alaba qozonib, keyin UFC'ga qaytish muhimroq. Maqsadim UFC'ga qaytish. Uzoq muddatli shartnomam yo'q. Men promoushenga aloqador emasman. Bu men ushbu jangdan keyin boshqa tashkilotlarda chiqish imkoniyatiga ega bo'lishim uchun qilingan», - dedi Liana Jojua.
Jojuaning navbatdagi jangi Arec FC 6 turniri doirasida Open FC chempioni Dariya Jeleznyakova bilan bo'ladi.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar