19 fev 06:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Licenzion turnirga boradigan qozog'istonlik bokschilar ro'yxati elon qilindi
Qozog'iston boks federaciyasi matbuot xizmati Iordaniyada o'tkaziladigan licenzion musobaqada ishtirok etuvchi bokschilar ro'yxatini elon qildi.
Unga ko'ra, terma jamoa bosh murabbiyi Galimbek Kenjebaev quyidagi tarkibni Ammanga olib boradi:
-52 kg: Saken Bibosinov (JCH-2019 bronza medali sohibi)
-57 kg: Serik Temirjanov (xalqaro turnirlar g'olibi)
-63 kg: Zakir Safiullin (2019 yilgi Osiyo chempionati kumush medali sohibi)
-69 kg: Ablayxan Jusupov (JCH-2017 va JCH-2019 bronza medali sohibi)
-75 kg: Abilxan Amankul (JCH-2017 kumush medal sohibi)
-81 kg: Bekzod Nurdauletov (JCH-2019 chempioni)
-91 kg: Vasiliy Levit (Osiyo va JCH sovrindorlari, Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi)
+91 kg: Kamshibek Konkabaev (Ikki karra JCH va Osiyo chempionati sovrindori, terma jamoa sardori).
Havola :
Manba : kfb.kz
Fikrlar