So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

24 noy 10:59
Yangiliklar

Tadbirlar

Litva sport mutaxassislaridan iborat delegaciya poytaxtimizga tashrif buyurdi

Teglar :  Litva
Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga Litva sport universiteti rektori Diana Reklaytene boshchiligidagi delegaciya tashrif buyurdi.

Dastlab mehmonlar markaz tarixidan so'zlovchi muzeyni ko'zdan kechirdi. SHundan so'ng tomonlar o'zaro muloqot qilish, manfaatli hamkorlik borasida suhbatlashish maqsadida stol atrofida jam bo'ldilar. Litvalik ekspertlarga ushbu talim dargohi, uning o'zbek sportidagi o'rni, tarbiyalanuvchilarning natijalari haqida malumot berildi.  

Mehmonlar o'z yo'nalishidan kelib chiqib, faoliyati, maqsadlari haqida aytib o'tishdi. Tanishuv va suhbatdan keyin markaz direktori delegaciya azolariga esdalik sovg'alarini topshirdi.

SHundan so'ng dargohning moddiy-texnik bazasi, mashg'ulot maydonchalari hamda sport zallariga borildi. Dastlab ot sporti bo'limi ko'zdan kechirildi.  

Delegaciya azolari ot ustida sayr qilish imkoniga ham ega bo'lishdi. Keyingi obekt kamondan otish zali. Mehmonlarga bu yo'nalishdagi yutuqlarimiz, izlanishlarimiz borasida malumot berildi. Kamondan otish zalidan to'g'ri engil atletika manejiga yo'l olindi. Atletlarimizning mashg'ulot jarayonlari etibor markazida bo'ldi.

Murabbiylar bilan suhbat qurildi. Keyin esa gandbol zali ko'rsatildi. Litvalik mutaxassislar markazda yaratilgan imkoniyatlarni alohida etirof etishdi. Oxirgi obekt markazdagi suv havzasi bo'ldi. Mazkur inshoot ham delegatlarning etirofiga sabab bo'ldi. 

Uchrashuvdan so'ng xorijlik mehmonlar iliq taasurotda ekanini, takliflar tayyorlab qayta murojaat qilishlarini takidladi. O'zaro hamkorlik har ikki tomonga manfaatli bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing