07 apr 17:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Lobov ko'cha jangida endi Pol Malinyajiga qarshi jang qiladi
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Artyom Lobov ko'cha janglaridagi navbatdagi jangini 22 iyun kuni o'tkazadi.
22 iyun kuni "Bare Knuckle FC" turniri doirasida o'tkaziladigan jangda Lobovga boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Pol Malinyaji raqiblik qiladi.
Bugun Lobov ushbu musobaqada debyut qildi va unda amerikalik sportchi Jeyson Naytni nokautga uchratdi.
Malumot uchun, Lobov irlandiyalik aralash qoidalar jangchisi Konor MakGregorning do'sti hisoblanadi. Professional bokschi Malinyaji esa 2017 yilda MakGregor bilan sparring-hamkor bo'lgan va shundan so'ng sportchilar o'rtasida tushunmovchilik yuzaga kelgandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar