18 fev 17:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Lobov: "Men MakGregor va Nurmagomedovga millionlab dollarlar keltirdim"
Rossiyalik sportchi Artyom Lobov Xabib va Konor o'rtasida yuzaga kelgan muammo haqida gapirib o'tdi.
"Nima? Ularda men sababli muammo paydo bo'ldi? Men ularga yuz millionlab dollar ishlab berdim. Bularning barchasi men sabab boshlangani yo'q. Xabib birinchi Konorni "jo'jaxo'roz" deb atadi va uni haqorat qildi. Men xech qachon bunday vaziyatda jim turmasdim, rus OAVsi mendan so'raganda javob berishim lozim edi. Bo'lmasam qanday do'st bo'laman?", - dedi rossiyalik sportchi.
Eslatib o'tamiz, Lobov Konor MakGregorning sparring-hamkori hisoblanadi.
Havola :
Manba : Los Angeles Times
Fikrlar