17 fev 18:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko Kambosos bilan jang shartlariga rozi bo'ldi
Uchta divizionda sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko (16-2, 11 KO) engil vaznda mutlaq chempioni Jorj Kambosos (20-0, 10 KO) bilan ehtimoliy jangning barcha shartlariga rozi bo'ldi.
Bu haqida insayder Mayk Koppinjer malum qildi.
"Manbalar Vasiliy Lomachenko engil vaznda mutlaq jahon chempioni Jorj Kambosos bilan ehtimoliy jangning barcha shartlariga rozi bo'lganini xabar qildi. SHuningdek, bitimda Kambosos yutqazgan taqdirda revansh jangi tashkillashtirilishi haqidagi band ham mavjud.
Manbaga ko'ra, Jorj hali jangga rozilik bermagan. Kambosos Lomachenko bilan jang qilsa, ushbu to'qnashuv ESPN orqali translyaciya qilinadi.
Avvalroq, Kambosos navbatdagi jangini 5 iyun sanasida Avstraliyada o'tkazishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar