25 sen 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko keyingi jangini tasdiqladi
Vasiliy Lomachenko ringga qaytmoqda.
Uchta vazn toifasida jahon chempioni Vasiliy Lomachenko (15-2, 11 KO) keyingi jangini Richard Kommiga (30-3-0, 27 KO) qarshi o'tkazishini tasdiqladi.
"11 dekabr kuni Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida Richard Kommiga qarshi jangim o'tkaziladi.
Men Teofimo Lopesga qarshi revansh o'tkazmoqchi edim, ammo u bugun rozi bo'lib, ertaga yana to'nini teskari kiyib olishi mumkin.
SHu bilan birga, unda boshqa jang ham bor. Lopes oktyabr oyida Kambosos bilan urishadi. Ana shu jangdan keyin biz ko'p narsaga oydinlik kiritsak kerak", -deydi Vasiliy Lomachenko.
Eslatib o'tamiz, Vasiliy Lomachenko 2021 yilning iyun oyida Masaeshi Nakatanini nokautga uchratishga erishgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar