25 mar 13:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenko - Linares. Jang uchta kamar uchun o'tkazilishi mumkin
Murabbiy Marko Kontresas Vasiliy Lomachenko Xorxe Linaresga qarshi jangdan so'ng birdaniga uchta kamar sohibiga aylanishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Agar Mayki Garsiya kamarini qoldirib ketadigan bo'lsa Xorxe Linares chempionga aylanadi Bu amalga oshishi mumkin bo'lgan narsa", - dedi Kontresas.
O'z o'rnida Lomachenko ham to'qnashuvda The Ring kamari o'rtaga qo'yilishi mumkinligi haqida gapirdi.
"O'ylaymanki, The Ring bizga kamar uchun jang qilish imkoniyatini beradi. Bitta zarba va uchta kamar", - dedi Lomachenko.
Ayni paytda Lomachenko - Linares jangida faqat WBA kamari turbdi. Linares ushbu kamardan tashqari The Ring kamariga ham egalik qiladi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar