18 dek 11:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko nima uchun jarohati bo'lsada Lopesga qarshi jang qilganini aytdi
Engil vaznda sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko nima uchun jarohati bo'la turib, Teofimo Lopesga qarshi jang qilishga rozi bo'lgani haqida gapirdi.
"Menda uni mensimaslik holatlari bo'lmadi. SHunchaki o'z g'alabamga ishongandim va jarohat halal bermaydi deb o'ylagandim. Agar biz jang vaqtini o'zgartirsak, men davolanish uchun olti hafta ketkazardim. Keyin yana karantin boshlanib qolishi mumkin edi, u esa boshqa raqib bilan jang qilardi, o'sha jangda jarohat olishi yoki kamarini yutqazib qo'yishi ehtimoli bor edi. Keyin nima bo'lardi?
Men mutlaq jahon chempioni bo'lishga astoydil qaror qilgandim, shuning uchun ham bu erdaman.
Agar jang bekor bo'lganida yana qachon bunday bahs tashkil etilishini bilmasdim.
Lopes kuchsiz degan manoda gapirmaganman, ammo uni yutishimga ishongandim", - dedi Lomachenko.
Havola :
Manba : LomUs
Fikrlar