29 okt 14:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenko Ukrainada urush ketayotgani qaramay nega boksga qaytganini tushuntirdi
Uch vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko nega boksga qaytishga qaror qilgani haqida gapirdi.
Ukrainalik bokschining so'zlariga ko'ra, u shunday qarorga kelishiga Ukraina o'z hududlarni qaytarib olgani sabab bo'lgan.
"O'zimni juda yaxshi his qilyapman. Ringga qaytishga sanoqli kunlar qoldi. Mamlakatimizda vaziyat biroz o'zgardi, biz hududlarni qaytarib ola boshladik va boksga qaytishim mumkinligini angladim.
Umuman olganda dunyoqarashim o'zgardi, chunki hayotingiz istalgan daqiqada tugashini tushunasiz. SHuning uchun hayotingizning har bir lahzasini qadrlay boshlaysiz", - dedi Lomachenko.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko navbatdagi jangida Ortisga qarshi ringga chiqadi. Jang bizning vaqt bilan 30 oktyabr kuni ertalab bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar