20 fev 18:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenkoga jang uchun 5 million taklif qilishgan
Yarim engil vaznda WBO chempioni Vasiliy Lomachenko nima uchun sobiq jaxon chempioni Menni Pakyao bilan jangga rozilik bermagani sababini tushuntirdi.
"Boks men uchun - sport. Men uchun u hali biznesga aylangani yo'q. SHartnomam bo'yicha to'laniyotgan gonorar meni qoniqtirmoqda. Men raqamlar ortidan quvmayman. Agar buning aksi bo'lganida men Pakyao bilan jangga rozi bo'lib, vada qilingan 5 million dollarni olgan bo'lardim. Bu men uchun yaxshi yoki yomonligini, g'alaba qozonamanmi yoki mag'lubiyatga uchraymanmi, bu narsalar ham meni qiziqtirmagan bo'lardi.
Agar maqsadim pul bo'lganida umuman hech narsani o'ylamay, shartnomaga imzo chekkan bo'lar edim. Lekin, bunday qilmayman"- deydi Lomachenko.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar