10 noy 15:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenkoni mag'lub etgan Lopes ikkita vaznda mutlaq chempion bo'lmoqchi
Engil vazn toifasida to'rtta yo'nalish chempioni Teofimo Lopes ikki vazn toifasida jahon chempioni bo'lish istagi borligi haqida gapirdi.
"Menda tanlov bor: yana bitta jang uchun engil vaznda qolib Xeyni, Garsiya yoki Devis bilan uchrashish yoki Ramires - Teylor jangi g'olibini kutish. Menda variantlar ko'p.
Hozir 23 yoshdaman va mutlaq chempionman. Vaznimni ko'tarib, xech kim qilmagan ishni amalga oshirmoqchiman - ikki vaznda mutlaq jahon chempioni bo'lmoqchiman. Bu afsonaviy natija bo'lardi", - dedi Teofimo.
Havola :
Manba : DAZN
Fikrlar