11 jan 13:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenkoning rekordi yangilandi
Ikki karra olimpiada chempioni Klarissa SHilds navbatdagi jangida Ivan Xabazinga qarshi ringga chiqdi.
Birinchi o'rta vazn toifasining vakant bo'lib turgan WBC va WBO kamarlari uchun kechgan jang to'liq o'n raund davom etdi. SHilds raqibasini 100-89, 100-90 va 99-89 hisoblarida taslim etdi. Bu bilan uning uchta vazn toifasida jahon chempioni bo'lishi uchun 10 ta jang kifoya qildi.
SHu tariqa, Vasiliy Lomachenko tomonidan o'rnatilgan rekord yangilandi. Vasiliyning uchta vazn toifasida jahon chempioni bo'lishi uchun 12 ta jang kerak bo'lgan edi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar