20 apr 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Londonda Amir Xanga to'pponcha bilan tahdid qilishdi
Britaniyalik sobiq bokschi Amir Xan bezorilar hujumiga duchor bo'ldi.
"SHarqiy Londonda menga to'pponcha tirab, soatlarimni o'g'irlab ketishdi. Farlyal bilan yo'lni kesib o'tayotgandik. U mendan biroz orqaroqda edi. Ikki kishi oldimga yugurib keldi. Ularning biri to'pponchani tirab, soatlarimni talab qila boshlashdi.
Ammo asosiysi, hozirga kelib har ikkimiz ham xavfsizmiz", - dedi Xan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar