06 sen 09:58
Yangiliklar

Lopes Lomachenkoning revansh bo'yicha so'roviga so'nggi nuqtani qo'ydi
"Lomachenko ustidan g'alaba qozonganimdan so'ng o'zimni qiroldek his qilayapmanmi? Albatta. Buni Lomachenkoning o'zi ham aytdi. U men bilan jang qilib o'z nomini oqlab olmoqchi. Hamma bu revanshni bo'ladi deb o'ylayotgani juda g'alati.
Ammo, men endi oldinga qadam tashlamoqchiman. Jiddiyroq janglar, masalan Josh Teylor yoki boshqa bokschi bilan jang qilaman. Lomachenko bilan revansh bo'lmaydi. Agar men mag'lub bo'lganimda, u menga hech qachon revansh bermagan bo'lardi. Nima uchun men unga bu imkoniyatni berishim kerak? Men bunday qilmayman", - deydi Lopes.
Eslatib o'tamiz, Teofimo Lopes ochkolar hisobiga ko'ra Vasiliy Lomachenkoni mag'lubiyatga uchratib, ukrainalikning kamarlarini tortib olgandi.
Fikrlar