30 sen 16:37
Yangiliklar

Lopes: Men Lomachenkodan har tomonlama kuchliman
IBF kamari sohibi Teofimo Lopes o'zining bo'lajak raqibi WBA, WBO va WBC kamarlari egasi Vasiliy Lomachenkodan kuchliroq, aqlliroq va g'alabaga chanqoqroq ekanini haqida gapirdi. Lopes ukrainalik raqibidan kuchliroq ekaniga va uni ringda jazolashiga ishonmoqda.
"Lomachenko engil vaznda yaxshi bokschilar bilan jang qilgan, lekin u menga o'xshagan raqibga hali duch kelmagan. Men unga qaraganda aqlliroq, kattaroq, kuchliroq, yoshroq, tezroq va g'alabaga tashnaroqman. Lomachenkoning avvalgi raqiblari unga ortiqcha baho berib yuborishgan. Men esa uni hurmat qilmayman.
Meni noto'g'ri tushunmanglar. Bu yigit nimaga erishgan bo'lsa erishgandir, lekin men undan kuchliroq ekanimga ishonchim komil. Albatta, buni isbotlashning yagona yo'li 17 oktyabr kuni uni mag'lub etishdir", - dedi Lopes.
Fikrlar