05 avg 11:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Lopesga qarshi mutlaq chempionlik jangida Lomachenkoga kim yordam berishi malum
Engil vazn toifasida WBA, WBO va WBC kamarlari sohibi Vasiliy Lomachenkoga Teofimo Lopesga qarshi kechadigan jangda kim yordam berishi malum bo'ldi.
Uning asosiy sparing raqibi o'rta vazn toifasida ishtirok etuvchi Dmitriy Mitrofanov bo'ladi. Dmitriy professional boksda jami sakkizta jang o'tkazib, ettitasida g'alaba qozongan va bitta jangda durang qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, mutlaq jahon chempionligi uchun kechadigan jang katta ehtimol bilan 3 oktyabr kuni Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar