25 dek 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Lopesning otasi: Lomachenko engil vaznda istalgan raqibni er tishlatadi
Teofimo Lopesning (16-0, 12 KO) murabbiyi va otasi katta Lopes o'g'lining sobiq raqibi Vasiliy Lomachenko (14-2, 10 KO) haqida fikr bildirdi.
Uning so'zlariga ko'ra, Lomachenko engil vaznda istalgan raqibni er tishlatadi va uchralgan mag'lubiyatdan so'ng yomon jangchi bo'lib qolmaydi.
"Biz boks qopi bilan jang qilmadik. Lomachenko - jahon chempioni, u 400 dan ortiq jang o'tkazgan. Men uni juda hurmat qilaman.
Lomachenko bu vazndagi har qanday jangchini yakson qiladi. Men unga pul tiksam boyib ketishim aniq. Odamlar Lomachenkoni oddiy raqib deb o'ylashadi. Lekin bu juda xato fikr. U bu erga shunday kelib qolmagan", - deydi Teofimo Lopesning otasi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar