10 apr 15:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida boks bahslari qaysi vaznlarda o'tkazilishi malum
Xalqaro olimpiya qo'mitasi 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasidan boshlab ayollar boks dasturini kengaytirilishini rasman elon qildi.
Endilikda, Olimpiya o'yinlari tarixida birinchi marta, boks bo'yicha erkak va ayol ishtirokchilar soni tenglashdi. Erkaklar o'rtasida ham, ayollar o'rtasidagi bahslarda ham 124 nafardan bokschi ishtirok etadi.
Olimpiada dasturidagi vazn toifalari:
Ayollar (124 bokschi): 51, 54, 57, 60, 65, 70, 75 kg.
Erkaklar (124 bokschi): 55, 60, 65, 70, 80, 90, +90 kg.
Parij Olimpiadasida erkaklarda 7 ta, ayollarda 6 ta vazn bo'lgandi.
2024 yilgi Olimpiadada vaznlar quyidagicha edi:
Ayollar: 50 kg, 54 kg, 57 kg, 60 kg, 66 kg, 75 kg.
Erkaklar: 51 kg, 57 kg, 63,5 kg, 71 kg, 80 kg, 92 kg, +92 kg.
Havola :
Manba : Boxing Uzbekistan
Fikrlar