22 jan 17:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Lukas Braun taniqli promouter Xirn bilan shartnoma imzoladi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq WBA yo'nalishi chempioni Lukas Braun britaniyalik promouter Eddi Xirn bilan shartnoma imzoladi.
Kelishuvga ko'ra, avstraliyalik bokschi Buyuk Britaniyada mahalliy bokschilarga qarshi uchta jang o'tkazadi. Braunning ilk jangi mart oyida bo'lib o'tadi va u 31 yoshli Tom Littlga qarshi ringga ko'tariladi.
Littl oxirgi o'tkazgan uchta jangida muddatidan avval mag'lubiyatga uchragan. Keyin Lukas 13 aprel kuni Deyv Allen bilan to'qnash keladi. Uchinchi jangning esa Devid Praysga qarshi o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Havola :
Fikrlar