20 iyu 18:21
Yangiliklar
Lyovenda tezkor shaxmat davom etmoqda, hozircha Aronyan peshqadam
Nufuzli turnirda Magnus Karlsen (Norvegiya), Vishvanatan Anand (Hindiston), Levon Aronyan (Armaniston), Fabiano Karuana (AQSH), Anish Giri (Gollandiya), Vladimir Kramnik (Rossiya), Xikaru Nakamura (AQSH), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), Veselin Topalov (Bolgariya) va Uesli So (AQSH) bosh mukofot yo'lida dona surishyapti.
Blic yo'nalishidagi Grand Chess Tour turnirida hozircha Aronyan 5,5 ochko bilan etakchilik qilmoqda. 2-5-o'rinlarni amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen, shuningdek, Kramnik, Nakamura va So 5 ochko bilan band etishgan.
Blic yo'nalishi bo'yicha jami 18
partiya o'ynaladi. Har bir uchrashuvga 5 daqiqa vaqt ajratilgan bo'lib, har bir
yurishga 2 soniyadan qo'shib beriladi. Kecha yakuniga etgan rapid yo'nalishi bo'yicha
turnirda Karlsen 12 ochko bilan bosh
sovringa ega bo'lgandi.
Fikrlar