28 may 08:46
Yangiliklar
Tennis
Lyuchiya Broncetti faoliyatidagi ilk WTA sovriniga ega chiqdi
Marokashning Rabat shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha WTA turniri yakuniga etdi.
Bosh sovrin WTA reytingida 102-pog'onada borayotgan Lyuchiya Broncettiga nasib etdi. Italiyalik tennischi final uchrashuvida dunyoning 74-raketkasi, avstriyalik Yuliya Graberni 6/4, 5/7, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchinchi uchrashuvidan so'ng Lyuchiya hisobda oldinga chiqib oldi -2:1. Ikki soatu 49 daqiqa davom etgan bahsda Broncetti 2, Graber 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Bu uning faoliyatidagi ilk qo'lga kiritilgan WTA sovrini bo'ldi. Rabatdagi muvaffaqiyatli ishtirok uga 280 reyting ochkosi va 34,228 dollar mukofot puli keltirdi. Graber esa 180 ochko va 20,226 dollar ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar