14 iyu 10:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Lyuis Fyurini Muhammad Ali bilan tenglashtirdi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Lennoks Lyuis amaldagi jahon chempioni Tayson Fyurini (25-0, 18 KO) afsonaviy Muhammad Ali bilan tenglashtirdi.
“Fyuri ringda xuddi Muhammad Ali singari harakatlanadi. Kapalak singari qanot qoqadi, ari kabi chaqadi”, – dedi Lyuis.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri 2015 yilning 28 noyabr kuni ukrainalik Vladimir Klichkoni mag'lubiyatga uchratib, nomdor raqibining chempionlik kamarlarini tortib olgandi. Klichko va Fyuri o'rtasidagi revansh jangi kuzda bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar