22 jan 09:16
Yangiliklar
Tennis
M15 Manacor 3. Sultonov 855-raketka oldida ojiz qoldi
Ispaniyaning Manakor shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Afsuski, turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Humoyun Sultonov ilk davradayoq reytingda o'zidan ancha quyida borayotgan raqibiga yutqazib qo'ydi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 1/16 finalda bolgariyalik Ivan Ivanovga 3/6, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Taqqoslash uchun, Sultonov ATP reytingida 581, Ivanov esa 855-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar